Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Nukusda zaharlanganlar bir oila farzandlari bo‘lgan»: voqeaning to‘liq tafsiloti ochiqlandi

«Nukusda zaharlanganlar bir oila farzandlari bo‘lgan»: voqeaning to‘liq tafsiloti ochiqlandi

Bir muddat oldin Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida ikki nafar bolaning o‘tkir zaharlangani va oqibatda ulardan biri shifoxonada vafot etgani haqida xabar berilgan edi.

Holat bo‘yicha Respublika Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati ayrim tafsilotlarga oydinlik kiritdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 25-yanvar kuni bemor B.B. (zaharlanib, hozirda shifoxonada davolanayotgan bola) tushlikda ukasi M.A. bilan birga uyiga yaqin joydagi oziq-ovqat do‘konidan tez tayyorlanadigan lapsha mahsulotini sotib olib, tayyorlab iste’mol qilishgan. Lapsha mahsulotini tayyorlash jarayonida mahsulotda aynish belgilari, o‘zga yot hid va ta’m sezilmagan.

O‘sha kuni 17:30 larda B.B. uyida bir-bir yarim yildan buyon sellofan paketda saqlanib turgan, nomi va ishlab chiqaruvchisi hamda sotib olgan joyi noma’lum 500 gr.ga yaqin kukun ko‘rinishidagi kemiruvchilarga qarshi dori bilan uy atrofi, oshxona va yana bitta xonaga sepib chiqqan. Kemiruvchilarga qarshi dorini sepish vaqti va sepganidan so‘ng xonalarda o‘tkir hid sezilgan.

2023-yil 26-yanvar kuni ukasi M.A. soat 7:00 larda,  B.B esa soat 9:30 larda qayt qila boshlagan. Belgilar o‘tib ketmagandan so‘ng tushlik vaqtida tez yordam chaqirilgan. Lekin ota-onasi tomonidan uyda davolanish ma’qul ko‘rilgan. M.A. va B.B. qayt qilishga qarshi dorilar qabul qilishgan. O‘sha kuni tungi soat 23:00 lar atrofida M.A. va B.B.lar takroriy qayt qila boshlashgan. 27 yanvar kuni soat 6:00 larda «Tez yordam» chaqirib, Respublika bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yuboriladi. Lekin bemorlarning kasallik belgilari yuqumli kasalliklardan bo‘lmaganligi sababli Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpog‘iston filialiga yuboriladi.

Shifokorlar tomonidan bemorlarga «Fosfororganik birikmalardan o‘tkir zaharlanishning og‘ir va o‘rta og‘ir darajasi» birlamchi tashxisi qo‘yilgan.

M.A. kelgandagi ahvoli og‘ir holatda bщlgan, reanimatsion chora-tadbirlar olib borilishiga qaramasdan bemorda 27-yanvar soat 09:24 da biologik o‘lim qayd qilingan. Fuqaro B.B ning ahvoli qoniqarli ekani, sog‘ligi shifokorlar nazoratida ekani ma’lum qilindi.

Sanepidxizmatga kщra, yuqoridagi holat bo‘yicha takroriy murojaatlar bo‘lmagan va profilaktik ishlar davom ettirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring