Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoro cho‘lida «Tez yordam» mashinasida chaqaloq dunyoga keldi

Buxoro cho‘lida «Tez yordam» mashinasida chaqaloq dunyoga keldi

Foto: «Xabar.uz»

Buxoroning cho‘l hududida yashovchi homilador ayol chaqalog‘ini «Tez yordam» mashinasida dunyoga keltirildi, deya «Xabar.uz»ga ma’lum qildi viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Elyor Oltiyev.

Ma’lum bo‘lishicha, tungi soat soat 21:30larda  Romitan tumanining Garmoba qishlog‘idan «Tez yordam» mashinasi uchun chaqiruv bo‘lgan. Tuman markazidan 32 kilometr olis masofada bo‘lgan cho‘l hududidan kelib tushgan ushbu chaqiruv tez tibbiy yordam xodimlarini sergaklantirgan.

Kelib tushgan chaqiriqqa ko‘ra, homilador ayolning to‘lg‘og‘i tutgani aytilgan. Homilador ayolni Romitan tumani Tibbiyot birlashmasiga qarashli tumanlararo Perinatal markaziga olib kelish uchun  «Tez yordam» mashinasi yo‘lga otlangan.

Tez tibbiy xodimlari manzilga yetib kelishgan. Cho‘l hududida joylashgan olis qishloqning yo‘llaridan tug‘uruq bo‘limiga yetib kelgunga qadar hamshira homilador ayolning ahvoli og‘irlashayotgani va ko‘zi yorishi mumkinligini bildirgan. «Tez yordam» mashinasi cho‘l hududida to‘xtatilgan. Bir shifokor va hamshiraning sa’y-harakati bilan bilan bola sog‘lom dunyoga keltirilgan.

«Chaqaloqning vazni 2500 gramm. Ona-bola sog‘lom, shifokorlar nazoratida. O‘z kasbiga layoqat bilan yondoshgan va o‘z vaqtida yordam berishga ulgura olgan tibbiyot xodimlariga minnatdorlik bildiramiz», — deydi Elyor Oltiyev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring