Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Noshukr nevara. Buxoroda 78 yoshli nafaqaxo‘rni o‘z nevarasi tunab ketdi

Noshukr nevara. Buxoroda 78 yoshli nafaqaxo‘rni o‘z nevarasi tunab ketdi

2020 yil 10 mart kuni Peshko‘ tumani IIBga 78 yoshli F.S. ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida noma’lum shaxs uning uydan 10.600 AQSh dollarini yashirin ravishda talon-toroj qilganligini ma’lum qilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu jinoyatni F.S. bilan bir manzilda yashovchi 28 yoshli Z.Sh. sodir etganligi aniqlangan. Z.Sh. uzoq vaqt davomida ushbu pullarni talon-taroj qilib yurganligi, o‘g‘irlangan pullarni o‘zining extiyojlariga ishlatganligi, bundan tashqari o‘g‘irlangan pullarning 1.300 AQSh dollarini o‘zining tanishi S.F. qarzga berganligini aniqlanib, S.F., dan ushbu pullar ashyoviy dalil sifatidaa rasmiylashtirilib olingan. Bundan tashqari qolgan pullar nimaga ishlatilganligiga aniqlik kiritilganda Z.Sh., o‘z extiyojlariga, ya’ni kiyim kechak sotib olishga, o‘z atomashinasiga ehtiyot qismlari va ko‘ngil ocharlik uchun sarflaganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Peshko‘ tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «a» bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, Z.Sh. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring