Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryoda bankomatdan pul o‘g‘irlagan talabalar qamaldi

Sirdaryoda bankomatdan pul o‘g‘irlagan talabalar qamaldi

Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida ikki nafar talaba va bir nafar voyaga yetmagan bola tunggi vaqtda bankomatdan jami 177 mln so‘m o‘g‘irlagan.

Sud tergovida ma’lum bo‘lishicha, ular bankomatga o‘rnatilgan kuzatuv kamerasiga tushib qolmaslik maqsadida yuzlarini futbolka bilan berkitib, qo‘llariga qo‘lqop kiyib olgan. Shu tariqa ular bankomatni buzib, ichidagi pullarni o‘g‘irlayotgan vaqtda Mirzaobod tumani IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi JIB Mirzaobod tumani sudida ko‘rib chiqildi.

Sud hukmiga ko‘ra, 2 nafar talaba yigit JKning 169- moddasi tegishli qismlari bilan aybdor deb topilib, ularga nisbatan 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Voyaga yetmagan fuqaroga esa shartli jazo tayinlanib, sinov muddati belgilangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring