Buxorolik o‘smir qurilish mollarini talon - taroj qildi

Buxoro shahrining Losha mahallasida yashovchi fuqaro R.J. hali qurilishi tugallanmagan maishiy xizmat ko‘rsatish shaxobchasiga tegishli qurilish mollarining kamayganiga guvoh bo‘lgan va zudlik bilan ichki ishlar organlariga murojaat qilgan. Olib borilgan tezkor harakat davomida sodir etilgan o‘g‘rilik holati yuzasidan aybdorga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 169-moddasiga (O‘g‘rilik) asosan, ish qo‘zg‘atilgan. Buxoro viloyati IIB axborot xizmati «Xabar.uz»ga xabar qilishicha, o‘rganilgan holatga ko‘ra, jami 10 million 250 ming so‘mlik qurilish mollari talon-taroj qilingan. Ichki iishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida jinoyat Buxoro shahrilik 17 yoshli Sh.I. tomonidan sodir etilgani aniqlangan.
«Qurilish mollarini yashirin ravishda o‘g‘irlab, voqea joyidan uzoqlashganimda ham qo‘rquvni his etmagandim. Ammo, hozir ko‘zlarim ochildi. Oilamiz o‘zimizga to‘q, sharoitlar yetarli. Shunga qaramasdan, ota-onam yuzini yerga qaratishim mumkinligi, do‘st-jo‘ralarim oldida izza bo‘lishimni o‘ylamagan ekanman. Qilgan ishimdan pushaymonman», – degan tergov harakatlari davomida Sh.I.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter