Nodirbek Abdusattorov yirik «kambek»ni amalga oshirdi
«Tata Steel Chess-2024» turnirining oxirgi turida o‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov murakkab vaziyatdan chiqib ketgan holda g‘alaba qozondi va 8,5 ochko bilan peshqadamlar safida tugatishga erishdi.
Nodirbekdan tashqari yana 3 kishida 8,5 ochko bor. Bular: Anish Giri, Gukesh va Vei Yi.
4 nafar shaxmatchi chempionlik uchun tay-brekda tezkor shaxmatda kurashadi. Avval yarim finalda 2 ta juftlik, keyin esa final bo‘ladi. Yarim final juftliklari:
Nodirbek Abdusattorov — Vei Yi
Anish Giri — Gukesh
Tay-brek bahslari bugunning o‘zida bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq Abdusattorov Vidit Gujratiga qarshi dona surib, yutqazib qo‘ygandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter