Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda 4 kunda ikki advokat qo‘lga tushdi

Namanganda 4 kunda ikki advokat qo‘lga tushdi

Illyustrativ foto

Namanganda to‘rt kunda ikki advokat qo‘lga tushadi. Ikkisi ham suddagi ishlarni o‘sha yerda ishlaydigan tanishlari orqali ijobiy hal qilib berish evaziga fuqarolardan pul talab qilgani aytiladi.

Mazkur voqeliklarni «Xabar.uz»ning viloyat prokuraturasi va sudidagi manbalari tasdiqladi.

Birinchi holatda advokat A.Yu. Namangan tumanlararo ma’muriy sudida ko‘rilayotgan ishni sud xodimlari orqali ijobiy hal qilib berish evaziga ish bo‘yicha tarafdan 12.000 AQSh dollari talab qilib, shundan 7000 AQSh dollarini olayotgan paytda  daliliy ashyolar bilan qo‘lga olinadi.

Ikkinchi holatda yana bir mahalliy advokat A.N. fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudida ko‘rilayotgan nikohni bekor qilishga oid ish bo‘yicha (taraflarga beriladigan) 6 oylik muddatni uch oyga qisqatirib berish evaziga talab qilgan pulni olayotganda ushlanadi.

Ayni paytda har ikki holat yuzasidan firibgarlik va pora berishga urinish alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring