Ta’lim faollari Tramp ma’muriyatini sudga beradi

AQSh ta’lim tashkilotlari uyushmasi mamlakat prezidenti ma’muriyatini ta’lim vazirligini tugatishga kirishgani uchun sudga bermoqchi.
«Millionlab pedagoglar, fuqarolar huquqlari uchun kurashchilar, maktab ishchilari, o‘quvchilar va oilalar manfaatlarini aks ettiruvchi huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar Tramp ma’muriyatining AQSh ta’lim vazirligini tugatishga noqonuniy urinishini to‘xtatish uchun dushanba kuni sudga da’vo arizasini kiritadi», — deyiladi Milliy ta’lim uyushmasi xabarida.
Uyushma ma’lumotlariga ko‘ra, vazirlikning tugatilishi federal idora (ta’lim vazirligi)ning dasturlariga bog‘liq millionlab o‘quvchilar, ingliz tili o‘qituvchilari va boshqa shaxslarni xavf ostiga qo‘yadi.
Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp 20-mart kuni AQSh ta’lim vazirligini tugatishni boshlash to‘g‘risidagi farmonni imzolagan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter