Moskvada o‘zbekistonlik o‘z vatandoshini pichoqladi
Rossiya IIVning Moskva shahri bo‘yicha Tergov Bosh boshqarmasi Tushino tumanlararo tergov bo‘limi RF Jinoyat kodeksining 30 moddasi 1-qismi va 105-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyat (qotillikka urinish) yuzasidan jinoiy ish ochdi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yil 10-dekabr kuni O‘zbekiston fuqarosi Moskva shahri shimoli-g‘arbidagi savdo-ko‘ngilochar markazlaridan birida avvaldan tanish bo‘lgan erkakning qorin qismiga o‘zaro janjal chog‘ida pichoq bilan jarohat yetkazgan.
Jabrlanuvchi Moskvadagi shifoxonalarning biriga yetkazilgan, unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Hozirda Moskva shahar Tergov qo‘mitasining xodimlari voqea joyini ko‘zdan kechirmoqda. Jinoyat sodir etishda gumon qilingan shaxs qo‘lga olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter