Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moliya vaziriga o‘rinbosar tayinlandi

Moliya vaziriga o‘rinbosar tayinlandi

Foto: Moliya vazirligi axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-sentyabrdagi qaroriga asosan Qurbanmurat Xolmuratovich Taparov Moliya vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Qurbanmurat Taparov 1978-yilda Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy, 1999-yilda Qarshi davlat universitetini, 2004 yilda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi va 2012-yilda Ritsumeykan Universitetlarini (Yaponiya) tamomlagan. 

K.Taparov o‘z faoliyatini 1999-yilda Qashqadaryo viloyati moliya boshqarmasining 1-toifali iqtisodchisi lavozimida boshlagan.

2003-yilda Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hisob-kitobi jamg‘armasining Qashqadaryo viloyatidagi mintaqaviy yetakchi inspektori sifatida, keyinachalik, ushbu boshqarmaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarning tuzilishi va ijro etilishi ustidan nazorat olib borish bo‘limi bosh iqtisodchisi, bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari va bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

2017-2018-yillarda Moliya vazirligi Hududlar moliyasi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari va keyinchalik boshqarmasi boshlig‘i. 

2018 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan ishlash sho‘’basi yetakchi inspektori lavozimida ishlab kelgan.

Tayinlovga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hokimiyat vakillik organlari va siyosiy partiyalar bilan hamkorlik qilish sho‘’basi yetakchi inspektori lavozimida samarali faoliyat yuritgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring