Misrda 13 kishi umrbod qamoq jazosiga hukm etildi

Yakshanba kuni Qohiraning jinoyat ishlari bo‘yicha sudi terrorchilik guruhini tashkil etgani hamda unga a’zo bo‘lgani uchun 13 kishini umrbod, yana 3 kishini 15 yil qamoq jazosiga hukm etdi, deya xabar berdi «Masrawy» portali.
Sudlanuvchilar «Jabxat an-Nusra» terrorchilik guruhiga aloqadorlikda ayblanmoqda.
«Qohiraning jinoyat ishlari bo‘yicha sudi mazkur ishda ayblanayotgan 13 kishini umrbod, yana 3 nafarini 15 yilga ozodlikdan mahrum etdi», — deb yozadi portal.
Shuningdek, mahkumlarga 3 million Misr funti (taxminan 185 ming dollar miqdorida jarima solinadi, qamoq muddati tugagandan keyin 5 yil davomida politsiya nazoratida bo‘ladi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, mahkumlar 2011-yildan 2014-yilgacha terrorchilik guruhini tashkil etishgan yoki uning a’zoligida bo‘lishgan. Jangarilar «davlat muassasalarining o‘z vazifalarini bajarishiga xalaqit berishga» hamda fuqarolarga hujum qilishga chaqirgan, deya ta’kidlagan portal.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter