Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

G‘azoda xalqaro aeroport quriladi — Misr TIV

G‘azoda xalqaro aeroport quriladi — Misr TIV

Foto: Amir Cohen/Reuters

Misr hukumati G‘azo sektorini tiklash bo‘yicha taqdim etgan rejada savdo porti va xalqaro aeroport qurish ko‘zda tutilgan. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Badr Abdulatti Arab davlatlari ligasi sammitida bayonot berdi.

Bundan tashqari, yo‘llar tiklanishi va anklav aholisi uchun asosiy kommunal xizmatlardan foydalanishga sharoit yaratish rejalashtirilgan.

Misr TIV rahbari qo‘shimcha qilishicha, Qohira Yevropa mamlakatlari va AQSh bilan G‘azo sektorini tiklash loyihasini muvofiqlashtirish bo‘yicha muzokaralar olib boryapti.

Kecha, 4-mart kuni Arab davlatlari ligasi mamlakatlari rahbarlari G‘azoni tiklash rejasini qabul qilib, Isroildan Iordan daryosining G‘arbiy sohilida «agressiv harakatlar»ni to‘xtatishni talab qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring