Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Messi «Barselona»ga qaytish istagini bildirdi

Messi «Barselona»ga qaytish istagini bildirdi

«PSJ» hujumchisi Lionel Messi «Barselona»ga qaytish istagi haqida gapirdi. U klubga yordam berishidan xursand bo‘lishini ta’kidlagan. Bu haqda futbolchi Sport.es nashriga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

Messi har doim «Barselona»ga yordam kerak paytda tayyor ekanini eslatib o‘tgan. «PSJ» forvardi sport direktori bo‘lish istagi borligini tan oldi, ammo bu Kataloniya klubida sodir bo‘ladimi yoki yo‘qmi, hozircha aniq ayta olmasligini bildirgan.

«Agar shunday imkoniyat bo‘lsa, yordam berish uchun qaytishni xohlayman. Bu men sevadigan klub va agar u o‘z yo‘lida yaxshi davom etsa, juda xursand bo‘laman», — degan Messi.

2021-yilning 10-avgustida «PSJ» Lionel Messi bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi. Sportchi bilan shartnoma 2023 yilgacha amal qiladi. «PSJ» Messiga mavsum uchun taxminan 35 million yevro maosh berishga tayyorligi xabar qilingandi.

Messi klub bilan tuzilgan shartnoma muddati tugagach, «Barselona»ni tark etdi. Xayrlashuv matbuot anjumanida u ko‘z yoshlarini tiya olmadi. Sportchi kataloniyaliklar safida 2003-yildan buyon o‘ynab kelmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring