Kevin De Bryuyne Messi bilan birga o‘ynashi mumkin

«Inter Mayami» yozda erkin agentga aylanadigan belgiyalik futbolchini short-listiga kiritdi.
MLS qoidalariga ko‘ra, har qanday klub transfer mavsumi oldidan liganing diqqat markazida bo‘ladigan qisqa ro‘yxatga besh nafar futbolchining ismini kiritishi mumkin. Birinchi bo‘lib harakat qilgan klub o‘sha futbolchi bilan birinchi bo‘lib muzokara o‘tkazish huquqiga ega.
Kevinga birinchi bo‘lib «San-Diego» qiziqish bildirgan. Ammo maosh masalasida transferdan darhol voz kechgan.
ESPN ma’lumotiga ko‘ra, navbat Florida klubiga kelgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter