Runi: «Barselona» eng yaxshi jamoa, Messi eng yaxshi futbolchi»

«Manchester Yunayted» afsonasi Ueyn Runi Lionel Messi va Xosep Gvardiola davridagi «Barselona»ga qarshi to‘qnashuvlarni esladi.
«Har qanday jamoaga qarshi o‘yinlarda biz g‘alaba qozonishimizga ishonchim komil edi, ammo «Barselona»ga qarshi emas. Mening nazarimda «Barselona» eng yaxshi jamoa, Messi esa eng yaxshi futbolchi. Uning qilgan ishi aql bovar qilmaydi», - deya Runining so‘zlarini keltiradi «Give me Sport».
«Manchester Yunayted» Chempionlar Ligasining ikki finalida Xosep Gvardiolaning «Barselona»siga mag‘lub bo‘lgan (2008-2009 va 2011-2012). Ikkala finalda ham Messi bittadan gol urgan.
Ma’lumot uchun, Runining o‘zi «Everton» tarbiyalanuvchisi bo‘lib, u yerdan «Manchester Yunayted» safiga ko‘chib o‘tgan. Ingliz mankunianliklar safida jami 559 ta o‘yinda maydonga tushib, 253 ta gol va 145 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Faoliyatining oxirida Runi «Everton», «DC United» va «Derby County» klublarida o‘ynagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter