Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Medvedev Putinning hibsga olinishi bo‘yicha keskin bayonot berdi

Medvedev Putinning hibsga olinishi bo‘yicha keskin bayonot berdi

Foto: RIA Novosti.

Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Germaniya adliya vaziri Marko Bushmanning mabodo Vladimir Putin Germaniyaga borsa darhol hibsga olinishi bo‘yicha gapiga izoh berdi. 

Medvedevga ko‘ra, bunday munosabat urush e’lon qilish bilan barobar bo‘ladi.

«Bu hech qachon amalga oshmaydigan holat ekanligi aniq, lekin shunga qaramay, amalga oshdi deb tasavvur qilaylik. Yadroviy davlatning amaldagi rahbari, aytaylik, Germaniya hududiga kelgan va hibsga olingan. Bu nima? Rossiya Federatsiyasiga qarshi urush e’lon qilish!», degan Medvedev jurnalistlar bilan uchrashuvida. 

Medvedevga ko‘ra, Putin Germaniyada hibsga olingan taqdirda «Rossiyaning barcha qurollari, raketalari Bundestagga, kansler idorasi va boshqa joylarga uchib boradi».

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval Gaagadagi xalqaro jinoiy sud Rossiya prezidenti Putinni hibsga olishga order bergandi.

Shuningdek, AQSh davlat kotibi Entoni Blinken ham mazkur qarorga izoh bergandi. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring