Medvedev Ukraina aholisini ikki baravarga qisqartirib tashladi
Medvedevning da’vo qilishicha, Kiyev nazorati ostidagi hududda 19,7 million kishi istiqomat qiladi. Bu haqda u telegramdagi sahifasida ma’lum qildi.
U 37,6 million kishidan «Kiyev tomonidan nazorat qilinmagan viloyatlarning hozirgi aholisi, muhojirlar va boshqalar»ni ayirib, shunday xulosaga keldi. Medvedevga ko‘ra, 17,9 million ukrainalik mamlakat tashqarisida yashaydi.
«Aslida 2022 yilda 37 million kishining yarmi va 21 asr boshidagi aholining qariyb 40 foizi», deb yozadi u.
37,6 million — bu 2022 yil fevralida harbiy harakatlar boshlanishigacha bo‘lgan Ukraina aholisining hisob-kitobi. Ukraina kelajak instituti ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yil may oyi holatiga ko‘ra, u 29 million kishini tashkil etdi.
Ukraina Milliy Fanlar akademiyasining Demografiya va ijtimoiy tadqiqotlar instituti 2023 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra mamlakat aholisini 28-34 million kishi deb hisoblagan.
Medvedev BMTning Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi ma’lumotlariga tayanib, 2022 yil 24 fevraldan keyin Yevropada 8,6 million ukrainadik istiqomat qilishini, ulardan 2,8 millioni Rossiyada yashashini yozdi. U bu ma’lumot qaysi davrga tegishli ekanligiga aniqlik kiritilmagan.
BMTning avgust holatidagi ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropada 5,8 million, dunyo bo‘ylab esa 6,2 million ukrainalik qochqinlar bor. BMT Oliy komissari boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, qochqinlarning 60 foizdan ortig‘i shu yili Ukrainaga qaytishga umid qilmoqda.
«Bizning huquq-tartibot idoralari ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil 24 fevraldan keyin ushbu mamlakat hududidan Rossiyaga 5,2 milliondan ortiq kishi kelgan. Ya’ni, hozir bu yerda jami 7,1 million kishi istiqomat qiladi», — deb yozgan Medvedev va shu vaqt ichida qancha odam ketganiga aniqlik kiritmagan.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada 1,2 million ukrainalik bor. Ulardan 64,5 ming kishi boshpana yoki «vaqtinchalik himoyalangan shaxslar» maqomini so‘ragan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter