Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Markaziy va vodiy viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Markaziy va vodiy viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Foto: Xabar. uz

Bugun kunduzi Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Qolgan hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 27-32° bo‘ladi.

Poytaxtimizda ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 27-29° bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda ba’zi  joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17-22° bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring