Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Madaniyat vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi

Madaniyat vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi

Madaniyat vazirligida Prezident Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari Odil Abdurahmonov hamda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov boshchiligida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda tashkiliy masala ko‘rilib, jamoaga madaniyat vazirining yangi tayinlangan o‘rinbosarlari tanishtirildi.

Jumladan, Prezidentning 2023-yil 27-sentyabrdagi qaroriga muvofiq Bahodir Majidovich Ahmedov madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

U mazkur tayinlovga qadar madaniyat vazirining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

2023-yil 30-oktyabrdagi Prezident qaroriga asosan Avazxon Bahodirovich Tojixonov ham  madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Adliya vazirligi «Konvension markaz majmuasi direksiyasi» DUK direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, Prezidentning 2023-yil 27-sentyabrdagi qaroriga muvofiq Yusufjon Kamoldinovich Usmonov madaniyat vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Mazkur tayinlovga qadar Hisob palatasining Iqtisodiyot, davlat investitsiya dasturlari va jamoat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash xarajatlarini audit qilish sho‘basi bosh inspektori lavozimida faoliyat yuritgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring