«Hindiston bulbuli» Lata Mangeshkar vafot etdi (video)
Bugun Hind filmlari qo‘shiqlarining mohir ijrochisi, jozibali, maftunkor, mayin va keng diapazonli ovoz sohibasi bo‘lgan Lata Mangeshkar 92 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda NDTV telekanalida ma’lum qilindi.
Ta’kidlanishicha, lata Mangeshkar 1 fevral kuni Mumbaydagi kasalxonalardan birida koronavirus tashxisi bilan yotqizilgan.
Lata Mangeshkar 9 yoshidan katta sahnalarda xonanda sifatida tanilgan. 1941 yilda Lahor shahrida «Art Pikchers» kinostudiyasi tanlovida g‘olib chiqib, kinofilm qo‘shiqlarini ijro eta boshlagan.
Jami 1000 ga yaqin (shu jumladan, «Bayju Bavra», «Barsat», «Tojmahal», «Gang daryosi oqqan mamlakatda», «Daydi», «Janob 420», «Yangi Dehli», «Sangam», «Mening ismim masxaraboz» va boshqa) film qo‘shiqlarini katta mahorat, nozik did bilan ijro etgan.
U Gennes rekordlar kitobidan ham joy olgan edi.
Konsert dasturlaridan hind mumtoz, o‘zga xalq (urdu, panjob, bengal, tamil, telugu va boshqa)lar va zamonaviy mualliflar qo‘shiqlari o‘rin olgan.
Hindistonning eng oliy — «Padma Bhushan», «Dada Sahib Phalke» davlat mukofotlari bilan taqdirlangan. Jahon bo‘ylab gastrolda bo‘lgan, jumladan, 1968 yili O‘zbekistonga ham tashrif buyurgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter