Krishtianu Ronaldu og‘ir judolikka uchradi
![Krishtianu Ronaldu og‘ir judolikka uchradi](https://static.xabaruz.com/crop/2/9/720_460_95_295618708.jpg)
Futbolchi Krishtianu Ronaldu yangi tug‘ilgan o‘g‘lining vafoti haqida ma’lum qildi.
«Biz chuqur qayg‘u bilan farzandimiz olamdan o‘tganini e’lon qilamiz. Bu ota-onalar boshidan kechirishi mumkin bo‘lgan eng katta og‘riqdir. Faqatgina qizimning tug‘ilishi bizga umid va baxt uchun kuch beradi», - deyiladi Ronaldu bayonotida.
Avvalroq er-xotin egizak farzand kutayotgani xabar qilingandi. Egizaklardan qizaloq yashashda davom etmoqda, afsuski, Ronalduning o‘g‘li shifokorlarning harakatlariga qaramay vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter