Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Krishtianu Ronaldu nomaqbul ishorasi uchun jazolandi

Krishtianu Ronaldu nomaqbul ishorasi uchun jazolandi

Saudiya Arabistoni ligasining Etika va tartib-intizom qo‘mitasi «Al-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronalduni «Ash-Shabab» muxlislariga nisbatan qilgan ishorasi uchun jazolashga qaror qildi.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu unga nisbatan «Messi» deya hayqirgan raqib muxlislariga odobsiz ishora qilgan edi.

Ronaldu bitta o‘yinga diskvalifikatsiya qilinadi, shuningdek, 2,6 ming dollar jarimaga tortiladi. Portugaliyalik «Ash-Shabab»ga ham 5,3 ming dollar to‘lashi kerak.

Shu tariqa, Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatining 29 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan «Al-Hazma» bilan o‘yinini o‘tkazib yuboradi.

Saudiya Arabistoni Pro-ligasining joriy mavsumida 38 yoshli Krishtianu Ronaldu 20 ta o‘yin o‘tkazib, 22 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring