Kosonsoyda selda halok bo‘lgan 7 yashar bolaning jasadi topildi
13-iyul kuni Qirg‘iziston Respublikasi Jalolobod viloyati hududida kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida sel oqimlari hosil bo‘lgan.
Ushbu sel oqimlari sabab vujudga kelgan hodisa sabab Namangan viloyati Kosonsoy tumanida 8 nafar fuqaro halok bo‘lgan, 6 nafar fuqaro qutqarib qolingan. 1 nafar bedarak yo‘qolgan fuqaro qidirilayotgan edi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida 17-iyul kuni 2014-yilda tug‘ilgan, 7 yoshli bolaning jasadi Kosonsoy soyi hududidan topilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter