Kosonsoyga yangi hokim tayinlandi
Bugun, 22 dekabr kuni xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazakov ishtirok etdi va tumanning sobiq hokimi Bahodir Yusupov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Namangan viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri lavozimiga tayinlangani munosabati bilan tuman hokimligiga yangi rahbar nomzodini ilgari surdi.
Dilmurod G‘afurovich Qodirov nomzodi Kosonsoy tuman deputatlari tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi.
Bugunga qadar Dilmurod Qodirov Norin tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter