Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kosonsoydagi ko‘ngilsiz hodisada bir kishi vafot etdi

Kosonsoydagi ko‘ngilsiz hodisada bir kishi vafot etdi

Foto: Xabar.uz

Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi xonadonlarning birida chaqnash yuz bergani, oqibatda 5 nafar shaxs turli tan jarohati olgani xabar berilgandi.

Ko‘rsatilgan tez-tibbiy muolajalarga qaramasdan 1 nafari shifoxonada vafot etgan, deya ma’lumot berdi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Mazkur holat yuzasidan Kosonsoy tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 258-moddasi 2-qismi «a» bandi (Tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring