Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

G‘ijduvonda yana bir baxtsiz hodisa sodir bo‘ldi

G‘ijduvonda yana bir baxtsiz hodisa sodir bo‘ldi

Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanidagi xonadonda gaz portladi.  Xonadonda isitish pechidan gaz sizib chiqib to‘plangan hamda uy egalari chiroqni yoqishi oqibatida chaqnash sodir bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, hodisa joriy yil 5 fevral kuni tumanning Armechan mahallasida sodir bo‘lgan. Chaqnash oqibatida II-guruh nogironi bo‘lgan I.T. tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.

Portlash oqibatida yong‘in yuzaga kelmagan va yong‘in qutqaruv ekipajlari jalb etilmagan. Hodisa joyiga viloyat FVB va tuman IIB mas’ullari chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi xonadonlardan birida gaz chaqnagani haqda  xabar qilingandi. Ushbu hodisa oqibatida bir kishi jarohatlangandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring