Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘qituvchisini kaltaklagan o‘quvchining ota-onasi jarima to‘laydigan bo‘ldi (video)

O‘qituvchisini kaltaklagan o‘quvchining ota-onasi jarima to‘laydigan bo‘ldi (video)

Videodan skrinshot

Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida o‘qituvchisning kaltaklagan o‘quvchilarning ota-onasi jarimaga tortildi. Bu haqda Namangan viloyati xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, ijtimoiy tarmoqlarda maktab o‘quvchisi o‘qituvchsini kaltaklagani aks etgan video tarqalgan edi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur voqea 19-sentyabr kuni Kosonsoy tumanidagi 29-sonli maktabda sodir etilgan.

Fizika fani o‘qituvchisi dars o‘tayotganda o‘quvchi o‘qituvchining dars o‘tishiga xalaqit bergan. Shunda o‘qituvchi o‘quvchini darsdan chiqarib, maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosariga suhbatlashish uchun topshirgan. Bir muncha vaqt o‘tgandan so‘ng o‘quvchi sinf xonasiga qaytib kirgan va videoda aks etgani kabi o‘qituvchiga tashlangan. Sinfdagi boshqa o‘quvchilar ularni ajratishga harakat qilishgan.

Holat yuzasidan tuman IIB bo‘limi va tuman xalq ta’limi bo‘limi xodimlari maktabda o‘rganish olib borgan va tegishli tartibda o‘quvchining ota-onasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Ma’lumot uchun: Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga 1-qismiga ko‘ra, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari (300 ming so‘m)dan besh baravari (1 million 500 ming so‘m)gacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring