Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus aniqlanganlar soni 700 nafarga yaqinlashdi

Koronavirus aniqlanganlar soni 700 nafarga yaqinlashdi

2020-yil 11 aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 694 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Kecha, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 669 nafarga yetgani xabar qilingan edi. O‘tgan vaqt davomida yana 25 kishida kasallik aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, hozirga qadar 42 nafar bemor sog‘ayib chiqqan, 3 nafari esa vafot etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring