Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus infeksiyasi aniqlanganlar soni oshdi

Koronavirus infeksiyasi aniqlanganlar soni oshdi

2020-yil 19-may soat 16:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2825 (+23) nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yangidan kasalligi tasdiqlangan bemorlarning barchasi xorijdan kelib, karantinga olingan fuqarolar orasidan aniqlandi. Ularning 18 nafari 14 may kuni charter reys bilan Sankt-Peterburgdan kelgan bo‘lsa, qolgan 5 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi hisoblanadi.

Ayni paytda yurtimizda 2338 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 82 foizni tashkil qilmoqda. Ayni paytda mamlakatimizning 9  xududidagi ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarida 474 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 6 nafarining ahvoli og‘ir. Barcha bemorlarga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring