Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun kasallanish holati nisbatan kam bo‘ldi

Bugun kasallanish holati nisbatan kam bo‘ldi

Bugun, 17-may kuni O‘zbekistonda 15 holatda yangi kasallanish qayd etilishi barobarida 34 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aydi. Davolanish ko‘rsatkichi 81 foizga yetdi.

SSV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, shu vaqtgacha Jizzax, Qashqadaryo, Farg‘ona viloyatlaridagi barcha bemorlar to‘liq davolangan bo‘lsa, endi ular safiga Buxoro, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari qo‘shilishiga yaqin turibdi.

Ayni paytda shifokorlarimiz tomonidan 494 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rsatilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring