Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus infeksiyasi aniqlanganlar soni yana oshmoqda

Koronavirus infeksiyasi aniqlanganlar soni yana oshmoqda

2020-yil 19-may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2855 (+30) nafarni tashkil qilmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Aniqlangan yangi kasallanish holatlarining 6 nafari oldindan karantinda bo‘lgan fuqarolar, 24 nafari xorijdan kelib, karantinga olingan shaxslar orasidan qayd etildi (ularning 19 nafari 14 may kuni charter reys bilan Sankt-Peterburgdan, 5 nafari 15 may kuni Qozog‘istondan kelgan).

Ayni paytda yurtimizda 2338 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aydi. Ayni paytda mamlakatimizning 9 xududidagi ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarida 504 nafar bemor davolanmoqda. Barcha bemorlarga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring