Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Keksa yoshli otaxonni masxara qilgan yigit javobgarlikka tortildi

Keksa yoshli otaxonni masxara qilgan yigit javobgarlikka tortildi

Ijtimoiy tarmoqlarda umumiy ovqatlanish oshxonasida bir yigit keksa otaxonning yoniga kelib, uni qo‘rqitib, ustidan kulgani aks etgan video tarqaldi. Aniqlanishicha, ushbu holat Samarqand viloyatida sodir bo‘lgan.

Samarqand Ichki ishlar boshqarmasining ma’lum qilishicha, voqea joriy yilning 11 mart kuni sodir bo‘lgan. Video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganidan so‘ng, keksa yoshdagi insonni masxara qilib, videoni «Tik-Tok»ka joylagan yigit ushlanib, unga nisbatan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.

«11-mart kuni ishxonamizga har kun keladigan amaki bilan hazillashdim va ijtimoiy tarmoqlarga tarqatdim. Qilgan ishimdan pushaymonman. Boshqa qaytarilmaydi. Amakidan va butun xalqdan kechirim so‘rayman», — deydi aybiga iqror bo‘lgan yigit.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring