Kandinsky 2.1 neyron tarmog‘i ChatGPT’gaga nisbatan tez rivojlanmoqda
2023 yil aprel oyining boshida Sberbank tomonidan Kandinsky 2.1 neyron tarmog‘i — tavsifga muvofiq rasmlar yaratadigan generativ model chiqarildi. Boshqa muqobil tarmoqlardan farqli o‘laroq Kandinsky 2.1ga kirish bepul bo‘lib, uni har kim tegishli telegram bot yoki Fusion Brain saytida bepul sinab ko‘rishi mumkin.
Biroq, bu boshqa generativ modellardan ajralib turadigan yagona farqi emas. Yana bir muhim jihat — Kandinsky 2.1 rus tilida o‘qitilgan va shuning uchun raqobatchilarga qaraganda bu tildagi so‘rovlarni yanada aniqroq qabul qiladi. Bundan tashqari, uning funksionali faqat matn tavsifidan tasvirlarni yaratishda emas. Model yordamida ikkita rasmni aralashtirish, matn tavsifi yordamida rasmga tafsilotlarni qo‘shish yoki hatto neyron tarmoqdan cheksiz polotno rejimida chizishni so‘rash mumkin.
Bu kabi keng funksional nafaqat ko‘ngil ochish uchun qo‘llaniladi, balki turli xil, birinchi navbatda kreativ mutaxassisliklar vakillari orasida ham talabgir bo‘ladi. Masalan, Kandinsky 2.1 xususiyatlari dizaynerlar, marketologlar va yozuvchilarga shubhasiz mos keladi — ular neyron tarmog‘i chizadigan go‘zal artlardan ilhomlanishi mumkin. Shuningdek, tasvir professional faoliyatga jalb qilinishi ham mumkin. Misol uchun, nashriyotlarda va hatto tibbiyotda talabalar uchun o‘quv materialini tayyorlashda qo‘l keladi.
Hammasi bo‘lib, model 10 dan ziyod uslubda chizishi mumkin, asosiylari: artstation, anime va 4K. Shuningdek, u dunyoning 101 tilda, shu jumladan rus va ingliz tillarida so‘rovlarni qo‘llab-quvvatlaydi.
Bu kabi imkoniyatlar fonida, shuningdek, bepul foydalanish tufayli neyron tarmoq auditoriyasi shiddat bilan o‘sib bormoqda. Ishga tushirilgandan to‘rt kun o‘tgach, model 1 million foydalanuvchiga ega bo‘ldi. Masalan, Amerikada ishlab chiqarilgan ChatGPT tarmog‘iga xuddi shunday natija uchun besh kun kerak bo‘ldi.
Neyron tarmoq atrofidagi ajiotaj xorij reyting agentliklari nazaridan chetda qolmadi. Tez orada, Kandinsky 2.1 GitHub versiyasiga ko‘ra Top-5 talik trendli dunyo repozitoriga kirgani ma’lum bo‘ldi.
Kandinsky 2.1 imkoniyatlari sinab ko‘rildi va buning uchun neyrotarmoqdan bir nechta so‘rovlar uchun tasvir yaratish so‘raldi. Birinchisi «Toshkent, texnologiyalar, quyosh botishi» edi. Buning uchun «4K» uslubi tanlangan va model buni shunday uddaladi:
So‘ngra, vazifa biroz murakkablashtirildi va Kandinsky 2.1 dan O‘zbekiston milliy liboslaridagi gumanoid robotni chizishni so‘raldi. Uslub — «artstation».
Umuman olganda, shuni ta’kidlash mumkinki, model haqiqatan ham foydalanuvchini tushunadi va so‘rovga mos keladigan tasvirlarni chiqarib beradi. Shunisi e’tiborga loyiqki, yakuniy suratlar mutlaqo yuqori sifatda.
Hech kimga sir emaski, sun’iy intellekt o‘ta istiqbolli yo‘nalish bo‘lib, uni rivojlantirish nafaqat milliy va hatto mintaqaviy miqyosda, balki jahon miqyosida muhim ahamiyatga egadir. Aynan shuning uchun bu sohada yetakchilardan biri bo‘lish muhimdir. Bu mahalliy ishlab chiquvchilarga qo‘shimcha motivatsiya beradi, O‘zbekistondagi SI-texnologiyalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter