Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o‘rinbosari tayinlandi. Yangi tayinlovga ko‘ra, ushbu lavozimda 2021-yil avgust oyidan AT «Xalq banki» boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Zafar Abdumajidovich Azimov ish olib boradi.

Zafar Azimov 1985-yil tug‘ilgan. 2006-yil Toshkent moliya institutining bakalavr bosqichini, 2008-yil ushbu institutning magistratura bosqichini tamomlagan. 2007-2019 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida turli lavozimlarda, xususan, 2018-2019 yillarda «Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini moliyalashtirish bo‘yicha tijorat banklari faoliyatini monitoring qilish» departamenti direktori sifatida faoliyat olib borgan. 2019-2021 yillarda «O‘zsanoatqurilishbank» ATB boshqaruvi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2021-yil avgust oyida Xalq banki boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning sentyabr oyida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga Botir Zohidov tayinlangan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring