Kadastlar palatasi filial muhandisi ushlandi
Yer maydonlari savdosi bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiyo‘l tuman bo‘limi tomonidan va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro I.A. va Kadastlar palatasi Yangiyo‘l tumani filiali muhandisi Sh.X. «U.Yu.» agrofirmasiga qarashli 32 sotix yer maydonini fuqaro Sh.ga firibgarlik yo‘li bilan 29 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, tanishlari orqali hujjatlarni rasmiylashtirib berishi evaziga oldindan 10 400 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter