JSST rahbari pandemiya yaqin orada tugashi mumkinligini aytdi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus 2022 yilda koronavirus pandemiyasiga barham berilishi mumkinligini aytdi.
Bu haqda u tashkilotning Jenevadagi shtab-kvartirasida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilgan.
«2022-yil pandemiya tugaydigan yil bo‘lishi kerak»,— dedi Gebreyesus.
Uning ta’kidlashicha, bunday natija kelasi yilning o‘rtalariga qadar dunyo aholisining 70 foizi koronavirusga qarshi emlangan taqdirdagina mumkin bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda virusning omikron shtammi dunyoda keng tarqalmoqda. Jumladan, pandemiyaning yirik o‘choqlaridan bo‘lgan AQShda ushbu shtammdan ilk bemor vafot etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter