JSST rahbari koronavirus bo‘yicha «umidlantiruvchi yangilik»ni ma’lum qildi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adxanom Gebreyesusning aytishicha, dunyoda koronavirus infeksiyasining aniqlanish holatlari ketma-ket uchinchi haftadirki kamayib bormoqda.
Gebreyesus bu statistikani «umidlantiruvchi yangilik» deb atadi, bu «virusni hatto yangi shtammlarda ham boshqarish mumkinligini ko‘rsatadi».
JSST rahbari so‘zlariga ko‘ra, pasayish zarur choralarni ko‘rishni davom ettirish orqali infeksiya tarqalishining oldini olish mumkinligidan dalolat beradi.
Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, 2 fevral holatiga ko‘ra dunyoning 192 mamlakatida 103,3 milliondan ortiq koronavirus kasalligi qayd etilgan. 2,2 milliondan ortiq odam vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter