Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JSST insoniyatni qizamiq epidemiyasidan ogohlantirdi

JSST insoniyatni qizamiq epidemiyasidan ogohlantirdi

2020-yilda qizamiqga qarshi muntazam emlashda uzilishlar tufayli kasallikning yangi turi tarqalishi xavfi mavjud. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) saytida ma’lum qilindi.

«2020-yilda 22 milliondan ortiq bola qizamiqga qarshi emlashning birinchi dozasini o‘tkazib yubordi. Bu 2019 yilga nisbatan 3 millionga ko‘p, bu yigirma yillikdagi eng katta o‘sishdir va epidemiyalar uchun xavfli muhit yaratadi», —deyiladi JSST va AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari (CDC) qo‘shma hisobotida.

Shu bilan birga, 2020-yilda qizamiq bilan kasallanganlar soni o‘tgan yilga nisbatan 80 foizdan ko‘proqqa kamaygan. Biroq, infeksiyalar soni kamayganiga qaramay, dunyoda qizamiq tarqalishi xavfi o‘sishda davom etmoqda, deya ogohlantirmoqda mutaxassislar.

Hisobot mualliflarining fikricha, dunyoda qizamiqni epidemiologik nazorat qilish yomonlashgan. Bundan tashqari, kasallikni tekshirish holati yomonligi va kasalliklar haqida xabardorlik pastligi ham global hamjamiyatning virus tarqalishining oldini olish qobiliyatini xavf ostiga qo‘yadi.

Avvalroq JSST rahbari Tedros Adanom Gebreyesus kelajakda Yerda insoniyat o‘zini himoya qila olmaydigan darajada xavfli virus paydo bo‘lishini aytgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring