Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda qizamiqdan ikki bola vafot etdi

Qozog‘istonda qizamiqdan ikki bola vafot etdi

Qozog‘iston Respublikasi bosh sanitariya shifokori Ayjan Esmagambetova 28 dekabr kuni Senat yig‘ilishida Qozog‘istonda qizamiqdan bolalar o‘limi bilan bog‘liq ikkita holat haqida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Zakon.kz.

Jurnalistlar Qozog‘istonda qizamiq bilan kasallanish bilan bog‘liq vaziyat qanday va o‘lim holatlari kuzatilganmi, degan savolni berishgan.

«Ikkita o‘lim holati qayd etildi — Ostona va Sharqiy Qozog‘iston viloyatida. Bular bir yoshgacha bo‘lgan bolalar, ya’ni ular emlash yoshiga etmagan», deya javob berdi Ayjan Esmagambetova.

Bosh sanitar shifokorning so‘zlariga ko‘ra, qizamiq bilan kasallangan bolalar orasida og‘ir ahvolda qolayotganlari ham bor.

Avvalroq Qozog‘istonda qizamiqqa chalinganlar soni 17 mingdan oshgani xabar qilingandi.

Shuningdek, qo‘shni Qirg‘izistonda ham uch nafar bola qizamiqdan halok bo‘lgani qayd etilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring