Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda qizamiqqa chalinganlar soni 17 mingdan oshdi

Qozog‘istonda qizamiqqa chalinganlar soni 17 mingdan oshdi

Qozog‘istonda 17 mingdan ortiq qizamiq kasalligi qayd etilgan. Ularning 82 foizdan ortig‘i bolalar, aksariyati emlanmagan. Bu haqda Bosh vazir Alixan Smailovning hukumat yig‘ilishida bergan ma’lumotlariga tayanib Tengrinews xabar bermoqda.

«Barcha viloyatlarda qizamiq bilan kasallanish holatlari mavjud. Chimkent, Olmaota, Jambil, Olmaota, Mang‘istau, Aqto‘be, Qizilo‘rda va Atirau viloyatlarida daraja oshgan.

Kasalxonaga yotqizilganlarning 30 nafari og‘ir ahvolda reanimatsiyada. Shundan 15 nafari 1 yoshgacha», – deyiladi nashr xabarida.

Smailov hukumat yig‘ilishida emlash ishlarini kuchaytirishga chaqirgan.

«Biz kasallanishning ko‘payishini to‘xtatishimiz kerak. Qizamiq bolalar salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu sabab unga qarshi choralarni nafaqat sog‘liqni saqlash tizimi, balki fuqarolarning o‘zlari ham ko‘rishi kerak.

Bular bizning bolalarimiz, biz ularga g‘amxo‘rlik qilishimiz, ularni sog‘lom saqlashimiz kerak.

Bunday xavfli kasalliklarga qarshi emlashdan boshqa yo‘l yo‘q», – degan mamlakat Bosh vaziri.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sanepidqo‘mita ham Namangan viloyatida qizamiqqa chalingan bolalar soni keskin oshib ketayotganligi to‘g‘risidagi ma’lumot bergan va hududlarga qizamiq-qizilcha vaksinasi yetkazib berilayotgani xabar qilingan edi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring