Islom Karimovga xizmat qilgan samolyot sotildi
O‘zbekiston rahbariyati uchun 1997-yilda maxsus ishlab chiqarilgan «Uzbekistan Airways» kompaniyasiga tegishli «British Aerospace Avro RJ85» rusumidagi uch samolyotdan bittasi (bort raqami UK-80001) sotildi. Bu haqda «AviaSpotter Telegram» kanali xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu samolyotda Islom Karimov 1997-2013-yillarda O‘zbekiston viloyatlari hamda yaqin xorijdagi davlatlarga parvoz qilgan.
Qayd etilishicha, qolgan samolyotdlar ham (UK-80002 va UK-80003) sotish uchun tayyor turibdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter