Pokiston dushman samolyotlarini Xitoy raketalarida urib tushirdi

J-10C.
Fransiyaning Rafale qiruvchi samolyoti PL-15 takomillashtirilgan raketalari o‘rnatilgan Chendu J-10 qiruvchi samolyotlari yordamida urib tushirildi. Bu haqda Pokiston tashqi ishlar vaziri parlament brifingida bayonot berdi.
Raketa (PL-15) va samolyot (Chendu J-10) — Xitoyda ishlab chiqarilgan.
Ta’kidlanishicha, J-10ning havo janglaridagi g‘alabalari haqida Pokiston Xitoy tomonini xabardor qilgan.

Foto: Dassault Aviation
Pokiston yaqinda bo‘lib o‘tgan to‘qnashuvlarda Hindiston harbiy-havo kuchlarining bir nechta samolyotini, jumladan, Rafale qiruvchi samolyotini urib tushirdi. Rafale tarixda birinchi marta urib tushirilgani haqida fransuz razvedkasining yuqori mansabli anonim manbasiga asoslanib CNN ham xabar berdi.
Ma’lumot uchun: Chendu J-10 — har qanday ob-havo sharoiti uchun mo‘ljallangan ko‘p maqsadli to‘rtinchi avlod qiruvchi samolyoti. Xitoyning Chengdu Aircraft Industry Group kompaniyasi tomonidan loyihalangan va ishlab chiqariladi. F-10 nomi ostida eksport qilinadi. G‘arbda «Shiddatli ajdaho» deya nom chiqargan.
Avvalroq Pokistonning J-10C qiruvchi samolyoti Hindistonning Jaguar samolyotini PL-15 raketasi bilan urib tushirgani Defence Pakistan tomonidan ma’lum qilingandi.
Hindiston hukumati o‘zining uchta harbiy samolyotini Pokiston urib tushirganini OAV orqali tasdiqladi. Pokiston bayonotida esa urib tushirilgan hind samolyotlari beshta ekani aytiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter