Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ishonish qiyin bo‘lgan 25 ta dunyo ajoyiboti! (foto)

Ishonish qiyin bo‘lgan 25 ta dunyo ajoyiboti! (foto)

O‘zingiz tashrif buyurgan va guvoh bo‘lgan narsalarni tasvirlashga urinayotganingizda so‘z topish uchun qiynalganmisiz? Masalan, ko‘rganlaringiz orasida ertaklardagidek betakror suv havzasi yoki yulduzlarga tegayotgandek ko‘rinuvchi ulug‘vor tog‘lar va hakazo.

Ilm hayratlanarli mo‘’jizalarning barchasini osongina tushuntirib bersa-da, ammo ba’zan Yerda aql bovar qilmaydigan darajadagi mantiqlar ham uchrab turadi.

Mazkur maqolamiz orqali siz ishonish qiyin bo‘lgan 25 ta dunyo ajoyibotlari haqida ma’lumotga ega bo‘lasiz.

Kamalak rang tog‘lar

Xitoyda joylashgan Daksia Landform geologik parkidagi kamalak tog‘lar rasmini ko‘rgan odam «Photoshop» deb o‘ylaydi. Aslida esa, ushbu beqiyos ajoyibot uchun ona tabiatdan minnatdor bo‘lishimiz kerak.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tog‘ tizmasi bundan 24 million yil oldin, turli xil rangli qumtosh qatlamlarining bir-biriga aralashuvidan hosil bo‘lgan. Shunday qilib, ming yillar davomida yog‘gan yomg‘ir va yemirilish siz suratda ko‘rib turgan go‘zal tog‘ni yaratdi.

Buyuk ko‘k tuynuk

Belizdagi Buyuk ko‘k tuynukni birinchi bo‘lib mashhur Jak Kusto kashf qilgan. Uning shakllanish bosqichi 150 ming yil avval boshlangan bo‘lib, chuqurligi 400 futgacha tashkil etadi.

Ushbu dengiz hosilasi bugungi kunda dunyodagi eng betakror mo‘’jizalaridan biri sifatida e’tirof etiladi.

«Jahannam eshigi»

Turkmanistondagi «jahannam eshigi» deb nomlanuvchi gaz krateri dunyodagi eng katta gaz zaxiralari orasida joylashgan. Buni bilgan sobiq SSSR muhandislari 1971 yil bu yerga kelishgan. Afsuski, ularning harakati muvaffaqiyatsizlik bilan tugagan. Ya’ni, qurilish moslamalari krater ichiga tushib ketadi. O‘shandan beri gaz krateri yonib kelmoqda.

Qizil sohil

Rasmdagi qizil sohil Xitoyning Panjin shahrida joylashgan. Kuz faslida bu yerni to‘ldiradigan o‘ziga xos dengiz o‘ti – suyeda yashil rangdan ko‘zni qamashtiruvchi qizil rangga o‘tadi.

Salar de Uyuni

Dunyodagi bepayon tuz tekisligida yomg‘ir yoqqanda nima bo‘lishi mumkin? Shubhasiz, hudud eng katta oynaga aylanadi.

Salar de Uyuni Boliviyaning janubi-g‘arbiy qismida, Andes yaqinida joylashgan. Kamdan kam uchraydigan yomg‘irdan keyin, bu yerda g‘ayritabiiy manzara aks etadi. Bu hatto oddiy fotosuratchi uchun ham ajoyib fon bo‘la oladi.

G‘ayrioddiy Geyser

Yo‘q, bu «ishlangan» rasm emas. Ushbu geotermal geyser bir qarashda xunuk ko‘rinadi. Geyser Fly Ranchda joylashgan bo‘lib, u 2016 yil taniqli Burning Man san’at festivali tashkilotchilari tomonidan sotib olingan.

Netron ko‘li

Ulkan sayyoramizdagi juda kam narsalargina Tanzaniyadagi Netron ko‘lining gidroksid suvlari kabi hayratlanarlidir. Va bularning barchasi tabiiy hodisa.

Ko‘l atrofidagi issiqlik 100 darajadan oshadi va suvning o‘zi 140 darajaga yetishi mumkin. Bu ko‘lni hayvonlar va o‘simliklar yashashi uchun yaroqsiz holatga keltirgan. Ammo, bu yerda flamingolar topiladi.

To‘lqin qoyalar

Utah-Arizona chegarasi bo‘ylab joylashgan to‘lqin qoyalar sarguzasht sevarlarning eng sevimli joylaridan. Qoyatoshlar oltin, sariq va qizil ranglar asosida shakllangan.

Suv osti sharsharasi

Hind okeanidagi Mavritaniyaning janubiy qirg‘og‘ida tabiiy va ajoyib hodisa – dengiz tubiga quyilayotgan sharshara mavjud. Ushbu go‘zal manzarani faqatgina yuqoridan ko‘rish mumkin.

Dallol vulqoni

Efiopiyadagi Dallol vulqoni nafaqat Yer yuzidagi eng issiq joy, balki eng hayratlanarli hududlardan biridir. U yerda yonayotgan tuz, vulqon tosh va oltingugurt kislotasi dunyodagi barcha narsalardan farqli o‘laroq, rang-barang manzara yaratgan.

Pamukkale

Turkiya g‘arbidagi Pamukkale shahrida oppoq turk termal hovuzlari bor. Hovuzlarni ko‘rib «Pamukkale» turkchadan «paxta qal’asi» ma’nosida tarjima qilinishini tushunish juda oson. 

Shuningdek, bu yerda Yunon-Rim Iyeropolislarlari saqlanib qolgan.

Hilliyer ko‘li

Avstraliyadagi ushbu g‘ayritabiiy ko‘l o‘zida pushti rang hosil qilgan. Olimlarning fikriga ko‘ra, bu suvni to‘ldiradigan mikroalogiyalarning noyob shakli bilan bog‘liq.

Qanday bo‘lmasin, Hilliyer ko‘lining o‘ziga xos rangi va ayniqsa ko‘k dengizning yonida joylashganini yuqoridan tomosha qilish g‘ayat hayajonlidir.

Maqolaning ikkinchi qismi tez kunda saytimizda e’lon qilinadi.

Nurillo To‘xtasinov tarjimasi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring