Dunyoning eng keksa odami vafot etdi
Dunyoning eng keksa odami, kataloniyalik Mariya Branas Morera 117 yoshu 168 kunligida vafot etdi.
Ayol uyqusida vafot etgan, u so‘nggi 20 yil davomida Jironadagi qariyalar pansionatida yashagan. 2020 yilda u koronavirusni yenga olgandi.
Morera o‘tgan yilning yanvar oyida fransuz ayol Lyusil Rendon 118 yoshu 340 kunligida vafot etganida dunyodagi eng keksa odam sifatida tan olingan edi. Morera 1907 yil 4 martda San-Fransiskoda tug‘ilgan, otasi jurnalist bo‘lib ishlagan. Ayol 8 yoshida oilasi bilan Ispaniyaga ko‘chib kelgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter