Ipoteka krediti evaziga — 2 ming dollar…
Toshkent viloyati Qibray tumanida kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Qibray tumani bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqaro A.N. boshqa bir fuqaro N.ga bank muassasasida ishlovchi tanishlari yordamida 350 million so‘m ikkilamchi ipoteka krediti olib berish evaziga ikki ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter