Ilon Mask davlat idoralarini begona o‘tlarga qiyosladi

Milliarder va AQSh davlat boshqaruvi samaradorligi departamenti (DOGE) rahbari Ilon Mask ko‘plab davlat idoralarining bahridan o‘tish kerakligini ta’kidlab, ularni daladagi begona o‘tlarga qiyosladi.
«Menimcha, idoralarni qisman emas, butunlay yo‘q qilish lozim. Shunisi to‘g‘riroq. Ular xuddi begona o‘tlarga o‘xshaydi, tomiri bilan sug‘urib olinmasa, yana ko‘karib chiqaveradi. Shu bois ko‘plab idoralarni tag-tugi bilan yo‘q qilishimiz kerak», — dedi Mask BAAda o‘tkazilgan hukumatlarning jahon sammitida.
Bu qolgan idoralarning zimmasidagi ishlarni ko‘paytirishi tayin. Biroq eng to‘g‘ri yo‘l shu va o‘nlab, balki yuzlab yillar davom etuvchi farovonlikka poydevor qo‘yiladi, dedi milliarder.
DOGE rahbarining aytishicha, AQShda hozir idoralar shunchalik ko‘pki, mohiyatan bir ishga mas’ul va bir-biriga xalaqit beradi. Mask ayni holatni sport o‘yiniga taqqosladi: hakamlar juda ko‘p, hatto o‘yinchilar sonidan ham ko‘proq.
«Hozir AQShda taxminan 450 xil idora bor. Ya’ni mamlakatga asos solinganidan buyon deyarli har yili ikkitadan idora tuzilganga o‘xshaydi. Mamlakatni boshqarishimiz uchun bizga nechta idora kerak?», — dedi Mask.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter