Ilon Mask USAIDning asosiy maqsadi nima bo‘lganini aytdi

AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning maqsadi asosan saylovlarga ta’sir o‘tkazish bo‘lgan. Bu haqda Amerika hukumatining samaradorligini oshirish departamenti (DOGE) rahbari, milliarder Ilon Mask Oq uyda jurnalistlar uchun o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
«Xalqaro taraqqiyot agentligi qilgan ishlarning juda ko‘pi saylovlarga ta’sir o‘tkazishdan iborat bo‘lgan», — dedi Ilon Mask.
Maskning tak’idlashicha, USAID saylovlarga ta’sir qilish uchun «shubhali usullar»ni qo‘llagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter