Ikki rektor vazir o‘rinbosarlari etib tayinlandi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev va vazir Abduqodir Toshqulov ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda siyosiy fanlar nomzodi Komiljon Hamidovich Karimov vazirning birinchi o‘rinbosari, yuridik fanlar doktori Rahim Rasuljonovich Hakimov vazirning fan va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari etib tanishtirildi.
K.Karimov mazkur tayinlovga qadar 2020 yilning 17 sentyabridan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
R.Hakimov mazkur tayinlovga qadar 2020 yilning 28 mayidan Toshkent davlat yuridik universiteti rektori lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter