Ijobiy rekord yana takrorlandi
SSV ma’lumotiga ko‘ra, bugun mamlakatimiz hududlarida koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlardan 591 nafari sog‘aydi.
Jumladan, 381 nafari Toshkent shahridagi 17 ta shifoxonada davolanayotgan bemorlardir, 82 nafari Toshkent viloyatida, 41 nafari Andijonda, 23 nafari Sirdaryoda, 20 nafari Namanganda, 17 nafari Buxoroda va yana 17 nafari Navoiyda, 10 nafari esa Qoraqalpog‘iston Respublikasida kasallikdan forig‘ bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, sog‘ayganlar ko‘rsatkichi bo‘yicha so‘nggi rekord natija kecha, 27 iyul kuni qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda mamlakatimizning turli hududlarida 569 nafar bemor tuzalgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter