Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

92 yoshli otaxon Rim marafonida qatorasiga 30-marta qatnashdi

92 yoshli otaxon Rim marafonida qatorasiga 30-marta qatnashdi

Foto: GoodNewsCorrespondent/X

Italiyalik 92 yoshli Antonio Rao qatorasiga 30-yil Rim marafonida qatnashdi. Bu haqda Oddity Central xabar berdi.

Masofani 6 soat 44 daqiqa 16 soniyada bosib o‘tgan otaxon o‘tgan yilgi natijasini 10 daqiqaga yaxshiladi.

Rao yugurish bilan shug‘ullanayotganiga 80 yil bo‘ldi, haftasiga 20-30 kilometrgacha yugurib mashq qiladi. Yugurishga qiziqishi bolaligidan boshlangan: 10 yoshida Kalabriyadagi uyidan Rimga qochib ketgan, har kuni yugurishni yoshligidan odat qilgan. So‘nggi 30 yilda o‘tkazilgan Rim marafonlarining birontasini o‘tkazib yubormadi.

«Men shu yoshda epladimmi, demak boshqalar ham uddalaydi. Boshqalarga namuna bo‘lishni istayman», — dedi otaxon.

Antonio Rao 2023-yilda o‘z yosh toifasi (90+) uchun jahon rekordini o‘rnatdi: marafonda marra chizig‘ini 6 soat va 14 daqiqada kesib o‘tib, oldingi natijani 30 daqiqaga yangiladi.

«Yugurish, yurish — bu hayot. Barchani shunga taklif qilaman», — dedi Rao.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring